slot gacor
slot gacor
https://naskah.ekon.go.id/file/dana/ https://international.fikom.unpad.ac.id/file/gcr/ https://manado.bsilhk.menlhk.go.id/wp-data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/
 Mingchinor mahallasida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Mingchinor mahallasida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi

Mingchinor mahallasida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi

25 июль 2024 йил
68
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tamonlama qoʼllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi”gi 92-sonli qarorining ijrosini taʼminlash boʼyicha tasdiqlangan “Chora tadbirlar ish rejasi”ning 3-ilova 9.3-bandi va “Nuroniy” jamgʼarmasi Respublika boshqaruvi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024-yil 13-apreldagi №-06-01/141 sonli qoʼshma qarorida belgilangan vazifalarni bajarilishini taʼminlash maqsadida mahallalarda yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi ogʼir, muammoli yoshlar va kam taʼminlangan oilalardagi yoshlar oʼrtasida, shuningdek harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar oʼrtasida keksa avlod vakillari ishtirokida «Uch avlod uchrashuvi» tadbirlari oʼtkazilib kelinmoqda.

Keksa avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida olimlar, yozuvchilar, soha mutaxassislari hamda maʼnaviyat targʼibotchilarini jalb qilgan holda tarbiyaviy masalalarga bagʼishlangan amaliy konferentsiya va seminarlar tashkil etib borilmoqda.

 Jumladan: 2024 yil 24-iyul kuni Paxtakor tuman “Mingchinor” MFYda tashkil etilib, tadbirga hududdagi mehnat faxriylari, xavaskor yozuvchi, shoirlardan iborat 28 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar, 13 nafar oʼrta avlod vakillari va 28 nafar yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʼlib oʼtdi. Tadbirni Jizzax viloyat yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoira N.Qoʼylonova oʼzining tadbir mavzusiga mos sheʼrlaridan oʼqib davrani olib bordi. Oʼzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʼllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʼarmasi Paxtakor tuman boʼlimi raisi Sh.Normaxammatov, bugun 24-iyul Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev muborak 67 yoshga toʼlganligi munosabati bilan u kishini vatanimiz ravnaqi, Oʼzbekistonni rivojlantirish yoʼlidagi mehnatida kuch-quvvat tilab, tadbirni kirish soʼzi bilan ochib berdi. Shundan soʼng “Buvijonlar maktabi” rahbari F.Normatova soʼzga chiqib, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yosh avlodni ustoz-shogird asosida halqimizning koʼp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, oilalarda ahillik va totuvlik muhitini asrash kabi bir qator yoʼnalishlarda nuroniylarning alohida oʼrni haqida gapirib oʼtdi. F.Nurmatova nutqi soʼngida hukumatimiz xususan yurtboshimiz tomonidan nuroniylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va eʼtibordan minnatdor ekanliklari haqida soʼzlab, xozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlari oʼzlari oʼqigan davrlari bilan taqqoslab, xozirgi yoshlar keng shinam xonalar, sport zallari, kutubxona va kompyuter xonalariga ega, oʼqish va xunar oʼrganishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi, shu imkoniyatlardan yoshlarimiz toʼgʼri va oqilona foydalanish kerakligiga aloxida toʼxtalib oʼtdi. Tadbir davomida “Mingchinor” MFY raisi M.Nurov, nuroniylardan Qoʼshboqov Xayitboy, Аfgʼon urushi qatnashchisi Sharipov Jamoliddinlar soʼzga chiqib, oʼzlarining hayot yoʼllari haqida ishtirokchilarga soʼzlab berdi. Tadbir soʼngida “Mingchinor” MFY “Keksalar guruhi” raisi А.Qoʼshimov soʼzga chiqib, “Uch avlod uchrashuvi”ning mazmun mohiyati, bunday tadbirlardan koʼzlangan maqsad, nuroniylar oʼzlarining bilim koʼnikmalari, boy xayotiy tajribalarini yosh avlod vakillariga oʼrgatish ekanligi haqida soʼzlab oʼtdi. Tadbirda Paxtakor tuman 14-sonli musiqa maktabi oʼqituvchisi, xush ovoz sohibi А.Burxonov tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʼshiqlari qatnashchilarga zavq ulashishdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303