Yangi mahalla binosiga kompyuter jamlanmasi topshirildi.
Ma’lumki, 2023-yil - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tumanimizda ham o‘z xizmat binosiga ega bo‘lmagan va xizmat binosi ta’mirtalab mahallalarga joriy yil boshidan jadallik bilan bosqichma-bosqich xizmat binolari qurilib, foydalanishga topshirilib kelinmoqda.
To‘rt mingdan ziyod aholi yashayotgan mahalla shu kunga qadar o‘z binosiga ega emasdi. Mahalla hududida homiylik asosida 6 xonali zamonaviy bino qurib berildi va maskanda xodimlar uchun zarur bo‘lgan qulay shart-sharoitlar, yangi bino uchun zamonaviy mebellar to‘plamlari yetkazib berilgan edi. Mahalla faollarini ish unumdorligini oshirish maqsadida bugunning zamon talabi bo’lgan kompyuter jamlanmasi tuman Mahalla va xayriya jamoat fondi tomonidan topshirildi.