Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » PAXTA YIG‘IM-TERIMI MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

PAXTA YIG‘IM-TERIMI MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

30 август 2023 йил
265
0

 Paxtakor tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek, mavjud fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tegishli mas’ul idoralarning rahbarlari va mahallalardagi faollar qatnashdilar.

Paxta terimi oldidan defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, shuningdek g‘alla ekishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish borasida kerakli tushunchalar berib o’tildi.

Seminar davomida defoliatsiya qilish, terim mavsumini to‘g‘ri tashkil qilish, kelgusi yil uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil qilish ekanligiga e’tibor qaratildi. Paxta yig‘im-terimiga kirishish oldidagi so‘nggi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalashni g‘o‘zaning biologik yetilganligiga qarab o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish, qo‘llaniladigan defoliantlarni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Paxtakor tumanida bu yil ham paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, transport va traktorlar shay xolatga keltirildi. Qolaversa, yopinchiq, etak, tarozi, qozon-o‘choq, samovor, suv saqlash boklar ham mavsumga tayyorlab qo‘yildi. Tashkil etilgan otryad rahbarlari har besh kunlikda rag’batlantirib borilishi aytib o’tildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар