Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “G‘alla-2023” XIRMONGA BARAKA, BOBO DEHQONLAR!

“G‘alla-2023” XIRMONGA BARAKA, BOBO DEHQONLAR!

09 июнь 2023 йил
152
0

 Paxtakor tumanida 2023 yil hosili uchun yetishtirilgan g‘alla maydonlarida o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi.

Joriy yilda paxtakorliklar 11 ming 700 gektar maydonga boshoqli don ekib, parvarishladilar. Tumanda g‘alla hosilini o‘z vaqtida sifatli o‘rib-yig‘ib olish maqsadida 246 ta fermer xo‘jaliklarida 36 ming 329 tonna don yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan.  Ayni kunlarda butun diqqat-e'tibor bobodehqonlarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga bunyod bo‘lgan rizq-ro‘zimizni o‘z vaqtida o‘rib-yig‘ib, don qabul qilish markazlariga topshirishdan iborat. Bu  ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida 16 o‘rim otryadiga biriktirilgan 50 ta o‘rim kombaynlari g‘ayrat-shijoat bilan ishlayapti. Shuningdek, dala maydonlaridagi donni o‘z vaqtida tashish va mavsum ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan texnikalarning ham to‘liq ishchi holatda bo‘lishligi ta'minlangan.

– Bu yil ham tuman don qabul qilish shaxobchasini to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, mavsumga shay holatga keltirildi, – deydi biz bilan suhbatda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining bosh mutaxassisi B.Nurullaev Xususan, hududimizda g‘alla parvarishi bilan bog‘liq barcha agrotexnik tadbirlar, jumladan, mahalliy va mineral o‘g‘it bilan oziqlantirish, sug‘orish ishlari yil o‘z vaqtida va belgilangan talablar asosida bajarilganligi sababli dalalarda mo‘l hosil yetishtirildi. Qishning sovug‘i, bahorning injiqliklariga qaramasdan qilingan mehnatimiz bugun o‘z samarasini berdi. Bu yil har bir gektar yerdan kamida 50-60 sentnerdan hosil olish niyatidamiz.

Albatta, rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doyni isrof qilmasdan yig‘ishtirib olishda dalalarda mehnat qilayotgan dehqonlar, fermerlar, kombaynchilar va bu jarayonga mas'ul bo‘lgan boshqa mutasaddilarning mehnatini alohida ta'kidlash o‘rinlidir. Zero, ularning bugungi mashaqqatli mehnati ertangi farovon turmushimiz va dasturxonimizning to‘kinligini ta'minlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар