Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » O’zini-o’zi band qilganlar bugun foyda ustida Yer – daromad manbai

O’zini-o’zi band qilganlar bugun foyda ustida Yer – daromad manbai

06 сентябрь 2023 йил
173
0

 QOVUNLАRNING TILIMI TILNI YORАDI

Keyingi yillarda yurtimizda qishloq xoʼjaligi sohasini isloh qilish va shu orqali yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati hamda hajmini koʼpaytirishga alohida eʼtibor qaratilayapti.

Аyniqsa, paxta va gʼalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bogʼdorchilik, uzumchilikni rivojlantirish, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish loyihalarini qoʼllab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” da roʼyxatda turgan ehtiyojmand oilalarning bandligini taʼminlash boʼyicha katta imkoniyatlar yaratilayapti.

Аna shu imkoniyatdan unumli foydalangan hamyurtlarimiz ayni paytda bahor va yoz oylarida qilingan mashaqqatli mehnatlariningsamarasini koʼrmoqdalar. Oʼzlariga hududimizning Paxtakor - Zafarobod yoʼnalishida, Yoʼl-patrul xizmati maskani orqasidagi yer maydonidan ajratilgan qismida dehqonchilik qilib, koʼzlangan rejadan ham ortiqroq hosil yetishtirgan “Gʼalaba”MFYda istiqomat qiluvchi Elmira Sattarova, Dilfuza Erboʼtaevalar bugungi kunda tilimi tilni yoradigan qovun, tarvuz, biror yeriga dogʼ tushmagan pomidor va achchiq qalampir hamda bulgʼor qalampiri kabi oziq-ovqat mahsulotlarini kelishilgan narxlarda hamyurtlarimiz dasturxoniga peshma-pesh yetkazib berayaptilar.

Ular xaridorlarning turli xildagi vitaminlarga boʼlgan talab va ehtiyojini taʼminlash bilan bir qatorda, oʼzlarining oilaviy daromadini oshishiga ham katta hissa qoʼshayaptilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар