Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

“Paxta-2023” MАVSUM АVJIDА

26 сентябрь 2023 йил
249
0

 Аyni kunlarda tumanimiz dalalarida paxta yigʼim terimi jarayonlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Hududlarda qoʼl terimi bilan bir qatorda terim mashinalaridan ham oq oltinni yogʼin-sochinli kunlarga qoldirmasdan yigʼib-terib olishga eʼtibor qaratilgan. Joriy yilda 12500 gektar yer maydonida dehqonchilik qilgan paxtakorlarimiz yillik rejani ortigʼi bilan bajarish harakatidalar.
Shuningdek, joriy yilda 70 gektar yerdan 245 tonna paxta xom-ashyosi topshirishni rejalashtirgan “Paxtakor” FXXU tasarrufidagi Toshtemir Ernazarov rahbarligidagi jamoa ham ayni kunlarda yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan qabul yigʼib-terib olish niyatida samarali mehnat qilishayapti.

Siz suratda koʼrib turgan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi 75 yoshli Аbdurahim ota Ernazarov ham oʼz oilasi bilan bir kunda 600-700 kg. paxta terib, peshqadamlikni qoʼldan bermayapti.

Tuman fermerlarining urugʼlik paxta yetishtirish borasidagi tajribasi ham anchagina yuqori, jumladan “Semrugʼ kluster” MChJ innovatsion urugʼchilik klasteri dalasida yetishtirilgan 2 xil navdagi urugʼlik paxta hosilining choʼgʼi baland. Fermer xoʼjaligi aʼzolari urugʼlik paxtani terib olishda paxta salmogʼi emas, balki sifatiga eʼtibor bergan holda jarayonni boshlab yuborishgan. Qolaversa, terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yoʼl qoʼymaslik borasida Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan shakllantirilgan ishchi guruhlari ishtirokida oʼrganishlar olib borilyapti.

 

 

 

 

Sh.MАMIROV.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар