Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Ko'prik qurilish ishlari olib borilmoqda

Ko'prik qurilish ishlari olib borilmoqda

30 сентябрь 2023 йил
155
0

 Ko‘prik — yo‘llarni bog‘lovchi, uzoqni yaqin, mushkulni oson, bordi-keldi va rishtalarni mustahkamlovchi vositadir. Qadimdan xalqimiz ariqlar qazib, yo‘llar ochib, ko‘priklar qurib, o‘zlari uchun qulaylik yaratishgani, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib kelgani haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz. Bugungidek davrda esa bu ishlar yanada oson. Olmazor mahallasiga kirib kelishdagi asosiy ko‘prik bugungi kunda yaroqsiz holatga kelganligi sabab, Tuman hokimi A.Ashurov,  og‘ir mahalla hisoblangan Dehqon mahallasining ko‘chalari bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish-sektor rahbari I.Begashevlar ushbu ko‘prik holatini ko‘rib shunday fikrga keldi.
Demak, muammoni bartaraf etib, ko‘prik qurish lozim. Axir e’tiborsizlik qandaydir ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarmasligi kerak. Qolaversa, bu holat mahalla ahliga, o‘tib-qaytguvchilarga ham katta qiyinchiliklar tug‘dirayotgani bor gap.
Avvaliga ko‘prik holati, qayta rekonstruksiya qilish, joriy taʼmirlash kabi takliflar o‘rganildi. So‘ng, tuman hokimi ko‘prikni tiklash, yangidan qurish bo‘yicha mutaxassislarni jalb qildi. Shundan keyin amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Zarur texnikalar beton quvurlarni o‘rnatishda qo‘l kelmoqda. Qisqa muddatda ko‘prik soz holatga keladi. Mahalla ahli esa oldingidek bordi-keldi qiladi, uzog‘i yaqin bo‘lib, vaqti ham tejaladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalda
12 сентябрь 2023, Вторник
“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalda
Olmazor mahallasi OBOD MANZILGA aylanadi
12 сентябрь 2023, Вторник
Olmazor mahallasi OBOD MANZILGA aylanadi
Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda
15 август 2023, Вторник
Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda
Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
18 апрель 2023, Вторник
Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар