Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

Qadring baland bo’lsin Ona tilim!

20 октябрь 2023 йил
155
0

 Paxtakor tumanida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan “O‘ZBEK TILI MILLAT KO‘ZGUSI” shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Bayram tadbirini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi rahbari I.Xoliqov ochib berdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risida qabul qilingan qonunning mazmun mohiyati targ‘ibot qilindi.

Endigi vazifa Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligi haqida shuningdek, bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerakligi haqida fikrlar bildirildi. Bayram munosabati bilan o'tkazilgan insholar  tanlovida ishtirok etgan  o'quvchilar va "Eng yaxshi Ona tili va adadabiyot fani o'qituvchisi" tanlovida g'olib bo'lgan ustozlarimiz tadbir so'ngida taqdirlandi!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар