Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Paxtakorda katta tantana qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Paxtakorda katta tantana qilindi

18 ноябрь 2023 йил
205
0

 Dunyo uzra mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘i hilpiray boshlaganiga 32 yil to‘ldi. Bayrog‘imiz xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahon aro ifodasi ramzi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsolidir. Bayroqda ruhiyatimiz, mehr-muhabbatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanga, xalqqa, porloq kelajakka komil ishonchimiz mujassamdir. O‘zbekistonimiz bayrog‘i ham yurtimizda yashovchi 130 dan ziyod millat va elatlarni yagona maqsad va g‘oya ostida birlashtiruvchi muqaddas qadriyat, millatlararo totuvlik belgisidir.

Shu munosabat bilan tumanimizda ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosib ravishda nishonlandi. Tadbir o‘tkaziladigan joylar obodonlashtirilib, bayram ruhiga mos ravishda bezatildi. Tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat tuman markazi,O’zbekisto Yoshlar ishlar agentligi tuman bo’limi, tuman Ichki ishlar bo’limi, Yo’l harakat xavfsizlik bolinmasi xodimlari hamda ko’ngillilari jam bo’lishib, Vatan bayrog‘ini baland ko‘targan holda shahar ko‘chalarida tantanali avtokarvon harakatlari tashkil etildi. Bu yilgi tadbir har yilgidan-da o‘zgacha, ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Tuman markazida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktab hovlisida yig’ilganlar ishtirokida davlat bayrog’i Ozbekiston madhiyasi sadolari ostida yuqoriga ko’tarildi. Maktab o‘quvchilari davraga o‘zgacha fayz kiritib turishdi. Ko‘chalarda ko‘ksiga davlat bayrog‘ini taqqan fuqarolarda o‘zgacha g‘urur, ko‘zlaridagi faxrni ko‘rib, bayramning zalvorini sezadi, kishi.

Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat tuman markazi rahbari I.Xoliqov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida Bayroq xalqning buyuk qadriyatlaridan, uning o‘zligini ifodalovchi yuksak xususiyatlaridan biri ekaniga to‘xtalib, davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida bayroq ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganiga alohida urg‘u berdi.

SHuningdek, tantanali tadbirda elimiz tuman Madaniyat bo’limi san’atkorlari vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar bilan ishtirok etishdi.

 

Tumanimizda bayram tantanalari davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар