Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

04 декабрь 2023 йил
106
0

 “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Yordamga muhtojlarga ko‘maklashish, mehr va muruvvat ko‘rsatish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi.

 “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi va xamkor tashkilotlar  bilan qator tadbirlar tashkil qilindi.

 Jumladan, erta tongdan bolalar va o’smirlar sport maktabida bir gurux o‘zgalar ko‘magiga muxtoj, 1 va 2 gurux nogironlari o‘rtasida sportning armrestling, shaxmat-shashka, tosh ko‘tarish kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Sport tadbir so‘ngida, g‘oliblar aniqlab olindi.

 Shundan so‘ng tuman markazidagi “Maftuna” tantanalar majmuida tuman hokimi Asilbek Ashurov yig‘ilganlarga sana munosabati bilan nutq so‘zladi. Tadbirda g‘olib va sovrindorlar taqdirlanib, reabilitatsiya vositalari topshirildi.

 To‘kin dasturxon atrofidagi suhbatlar sho‘x kuy va qo‘shiqlar hamohangligidagi raqslarga ulanib ketdi.

 Ma’lumot uchun, bugungi kunda tumanda nogironligi boʼlgan shaxslar 1912 nafarni tashkil etib, ulardan 184 nafari 1-gurux, 1248 nafari 2-gurux, 111 nafari 3-gurux va 369 nafari 18 yoshgacha bolalikdan nogironlarni tashkil etadi.

Joriy yilda 67 nafar nogironligi boʼlgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlandi. Shundan, 30 nafari nogironlik aravachasi, 15 nafari eshitish moslamasi, 10 nafari qoʼltiq tayoq, 6 nafari hassa, 2 nafari tirsakli qoʼltiq tayoq va 4 nafari xodunok bilan va 30 nafar nogironligi boʼlgan shaxslar protez ortopediya buyumlari bilan taʼminlandi.

2023 yil davomida 18 nafar nogironligi boʼlgan shaxslar sihatgohlarga bepul yoʼllanmalar berildi.

 Shuningdek, tadbirda ishtirok etolmagan nogironligi bo‘lgan tumandoshlarni tuman hokimi va sektor rahbarlari uylariga borgan holda holidan xabar oldilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар