Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

03 январь 2024 йил
140
0

 Tumanimiz markazida “Toshkent” mahalla fuqarolar yigʼinining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Binoning ochilish marosimida tuman hokimining oʼrinbosari, Xotin-qizlar boʼlimining boshligʼi, Dilbar Shonazarova, Nuroniy jamgʼarmasi tuman boʼlimining boshligʼi Baxtiyor Mahammatov, Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimining boshligʼi Аtham Аltiev hamda mehnat faxriylari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Аytish mumkinki, mavjud 915 ta xonadonda 3464 kishi istiqomat qiladigan ushbu mahalla shu vaqtga qadar oʼz binosiga ega boʼlmagan edi. Mahalla ahlining yangi yilning ilk kunlaridanoq orzulari ushaldi, desak, mubolagʼa boʼlmaydi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkor Parviz Nuraliev tomonidan qariyb 479 million soʼm mablagʼ evaziga bunyod etilgan 6 xonali zamonaviy bino yangi yilning 3 yanvarь kuni foydalanishga topshirildi. Binoda barcha sharoitlar mavjud boʼlib, faoliyat yuritish uchun moddiy-texnika vositalari va mebelь jihozlari bilan taʼminlangan.

 – Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2024 yil “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilindi, –deydi MFY raisi Sayyora Qoʼnisheva: - Yangi yilning ilk kunlarida yangi binoda faoliyat boshladik. Yarim asrdan koʼproq vaqt davomida tor xonalarda faoliyat olib borgan edik. Joy yetishmasligidan bizlarga murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qilishga qiynalgan paytlarimiz ham boʼlgan. Bugun esa yangi, barcha sharoitlarga ega bino qurib berildi. Prezidentimizning “Mahalla xalq bilan davlat oʼrtasida koʼprik boʼlishi kerak», degan soʼzlarida juda katta maʼno mujassamdir. Bu borada jamiyatimiz asosi boʼlgan mahalla hal qiluvchi oʼrin tutadi. Mahalla tinch boʼlsa, yurt tinch boʼladi. Mahalla obod boʼlsa, mamlakat obod boʼladi. Shu bois, bundan buyon mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi.

Tadbirda ishtirok etgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz kelgusida mazkur inshoot koʼp yillar davomida xalqimizga xizmat qilishini va yurtimizni tinchligini Аllohdan soʼrab, duoga qoʼl ochishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
18 апрель 2023, Вторник
Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
•	Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.
23 март 2023, Четверг
• Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.
Samarqand mahallasida yangicha o’zgarishlar
14 февраль 2023, Вторник
Samarqand mahallasida yangicha o’zgarishlar
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар