Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensiya miqdori va Pensiya jamgʼarmasi hisobida turganlik haqidagi maʼlumotlarni olish tartibi haqida bilasizmi?

Pensiya miqdori va Pensiya jamgʼarmasi hisobida turganlik haqidagi maʼlumotlarni olish tartibi haqida bilasizmi?

25 январь 2024 йил
68
0

  Bugungi kunda fuqarolarga pensiya oluvchilar roʼyxatida mavjudligi hamda pensiya miqdori toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali (onlayn) amalga oshiriladi.
✅ Bunda, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilgan taqdirda, masʼul xodim ariza beruvchi nomidan tegishli soʼrovnoma shaklini toʼldiradi va fuqaro toʼldirilgan soʼrovnomani toʼgʼriligini tekshirib tasdiqlab beradi.
✅ Shundan soʼng, Davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi soʼrovnomani Pensiya jamgʼarmasiga elektron shaklda yuboradi. Pensiya jamgʼarmasi soʼrovnomaga zudlik bilan QR-kodli maʼlumotnomani shakllantirib Davlat xizmatlari markaziga yuboradi. 
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma olingandan soʼng 5 daqiqa ichida ariza beruvchiga maʼlumotnomani elektron yoki qogʼoz shaklida taqdim etadi.
Fuqaro ushbu soʼrovnomani YaIDXP orqali olishni xohlaganda barcha jarayon onlayn amalga oshiriladi.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Qanday hollarda pensiya qayta xisoblanadi?
24 октябрь 2023, Вторник
Qanday hollarda pensiya qayta xisoblanadi?
Pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi murojaat etish tartibi
23 сентябрь 2023, Суббота
Pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi murojaat etish tartibi
Pensiya va nafaqaga oid atamalar
22 сентябрь 2023, Пятница
Pensiya va nafaqaga oid atamalar
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар