Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Chigit ekish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi

Chigit ekish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi

25 март 2024 йил
128
0

 Jizzax viloyati hokimining o’rinbosari Oybek Ashurmatov hamda Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan sektor rahbarlari, tumandagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Mavsum uchun texnikalarni shay holatga keltirish, fermer xo‘jaliklariga zarur texnikalarni xarid qilish uchun ko‘maklashish masalasi muhokama qilindi. Ularning bu boradagi muammolari tinglandi.

Urug‘lik chigit, o‘g‘itlar hamda yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasini yaratish, maydonlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari o‘qib eshittirildi. Shuningdek, chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarini to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi va uni zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Oybek Ashurmatov mas’ullar tumandagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari bilan suhbatda Xitoy davlatiga tashrif davomida suvdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan loyihalar doirasida tajriba uchastkalarini tanlab olish, vohaninng iqlim va tuproq sharoitlarini chuqur o‘rgangan holda suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish, shu asosda loyihani ommalashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар