slot gacor
slot gacor
https://www.sju.nsm.mybluehost.me/mrdt/gacor/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/gacor/ https://polimdo.ac.id/file/gacor/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://jdih.beraukab.go.id/file/pulsa/ https://radarlombok.co.id/lombok/gacor/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash - ustuvor vazifa » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash - ustuvor vazifa

Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash - ustuvor vazifa

13 сентябрь 2024 йил
37
0

 Davlatimiz siyosatida inson manfaatlari, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Shu boisdan ham keyingi yillarda aholining muayyan qatlami o‘rtasida kambag‘allik borligi tan olinib, uni qisqartirish bo‘yicha alohida tizim joriy qilindi. Respublikada kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish borasida boshlagan ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida islohotlarni qat’iy davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Mamlakatimizda iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida mehnat bozorini takomillashtirish, ishchi kuchiga amalda haqiqiy talab va taklif asosida bandlikni ta’minlashning ijtimoiy munosabatlari ham bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomchisidir. Zero, aholi bandligini ta’minlash aholi turmush darajasini oshirishning muhim omilidir. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotganligi bilan o‘lchanadi, albatta.

Ijtimoiy himoya masalalarida yangilik qilish, islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurati ayni paytdagi eng muhim masala. Biroq nazariyadan ham, amaliyotdan ham ma’lumki, birgina iqtisodiy o‘sish asnosida kambag‘allik bilan kurashib bo‘lmaydi. Buning uchun davlat siyosati darajasidagi jiddiy
sa’y-harakatlar talab etiladi. Birinchi navbatda, iqtisodiy o‘sishning imkon qadar inklyuzivligini ta’minlash, iqtisodiyotdagi yutuqlar xalq orasida teng taqsimlansa va bundan aholining zaif qatlamlari ham bahramand bo‘lsagina kambag‘allik qisqaradi. Bu esa muayyan chora-tadbirlar ko‘rishni, avvalo, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, tibbiyot xizmatlarini yaxshilash, ijtimoiy dasturlar qabul qilib, amalga oshirishni taqozo etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu boradagi ishlar sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, kambag‘allikni qisqartirish mamlakatimizda 2020 yilda boshlangan edi. O‘shanda 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik chegarasiga yetmasdi. O‘tgan yillarda 3,5 million odamni daromadli qilish orqali 2023 yil yakuni bilan kambag‘allik darajasi 11 foizga tushdi. Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m arzon kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berilganligi, mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion so‘m ajratilganligi bu borada mamlakatimizda izchil islohotlar olib borilayotganligidan darak beradi. Shuningdek, yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan bu boradagi ishlar hamma viloyat va tumanda ham bir xil darajada ketmayotganligi, kambag‘allik darajasini pasaytirishga barcha hududlar jiddiy e’tibor qaratishlarini alohida ta’kidladi. Qayd etilganidek, 16 ta tumanda aholiga bo‘lib berilgan yerlarda 2-3 martadan hosil olingani hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaygan. Lekin 14 ta tumanda bu borada o‘zgarish sezilmagan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kambag‘allikni faqat pul tarqatish, nafaqa to‘lash bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun kambag‘al oila a’zolarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash muhim. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hokimliklar bilan birga bu yil har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqib, kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi. Iqtisodiy kompleks esa oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bilan shug‘ullanadi. Bunda eng katta mas’uliyat tuman hokimlari va sektor rahbarlari zimmasida bo‘ladi.

Yig‘ilishda 2024-2025 yillarda odamlar o‘zini o‘zi band qilishi, kichik va o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion so‘m berilishi, shuningdek, kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan berilishi hamda kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kreditlar ajratilishi kambag‘allik darajasining kamayishiga, aholining ijtimoiy himoyasi mustahkamlanishiga katta omil bo‘lib xizmat qiladi.  Bundan tashqari savdo-sanoat palatasi huzurida tadbirkorlarga ishchi topib, ularni tayyorlab beradigan markaz tashkil qilinishi o‘z navbatida tadbirkorga ham aholi bandligini  ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. 

Umuman, davlatimiz rahbari bu maqsad juda keng ko‘lamli ekani, unga barcha hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladi.  Videoselektor davomida tegishli mutasaddilar hisoboti eshitilib, zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, kambag‘al oilalar uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mas’ullarning bu boradagi ishlarini muhokama qilib, muammolarni hal etib borish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ­O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mazkur yo‘nalishda jahonning ilg‘or mamlakatlari tajribasidan unumli foydalanishimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarning sifat jihatdan yaxshilanishiga ko‘mak beradi. Bu borada, biz, barchamiz birdek harakat qilmog‘imiz va amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lishimiz darkor.

 

Jasurbek, Qarshiyev,

“Yuksalish” harakati Jizzax viloyati

 hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303